TA’LIM XIZMATLARINI TAQDIM ETISH

TO‘G‘RISIDA OMMAVIY OFЕRTA



Atama va ta’riflar

Ommaviy oferta – bu shartnoma tuzish bo‘yicha taklif. Shartnoma ofertani (uning akseptini) shartsiz qabul qilish orqali tuziladi.

Ofertaning aksepti – ushbu Ofertaning 1.3. bandiga ko‘rsatilgan harakatlarni to‘liq yoki hech qanday shartlarsiz qabul qilish. Ofertaning aksepti Shartnoma tuzilishiga sababchi bo‘ladi.

Bajaruvchi / O’quv markaz – 31.08.2017 da berilgan ЛИЦЕНЗИЯ № MO 0954 - 05 son va 28.01.2020 da berilgan litsenziyaga № МТТ 0409ga  asosan ta’lim xizmatlarini taqdim etuvchi yuridik shaxs.

O‘quvchi/Buyurtmachi – ushbu shartnoma shartlarini qabul qilgan (ushbu ofertani akseptlagan), shuningdek bajaruvchi tomonidan tashkil etilgan kurslarida o’qiyotgan jismoniy shaxs, xizmatlarning oxirgi foydalanuvchisi.

Kurs - o’quv markazi hamda O’quvchi/Buyurtmachi tomonidan tanlangan va tasdiqlangan muayyan vaqt davomida o’quv markazining metodikasi bo’yicha tanlangan fanni o’rgatish jarayoni.

Web-site - o’quv markazining internet axborot-telekommunikatsiya tarmog'ida joylashgan veb sahifasi bo’lib quyidagi domen nomi (manzil,domen) orqali kirish mumkin:
https://https://houseofwisdom.uz/
Placement test - darajani aniqlashga qaratilgan bepul protsedura.

“HOUSE OF WISDOM” NTM o‘quv markazi – o‘quv jarayoni uchun zarur bo‘lgan jihozlar, materiallar, adabiyotlar va boshqa moddiy-texnika vositalari bilan jihozlangan, darslar bevosita
o‘tkaziladigan maxsus o‘quv binosi.


1. Umumiy qoidalar

1.1.O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga asosan ushbu hujjat “HOUSE OF WISDOM” NTMning (keyinchalik matnda O‘quv markazi deb nomlanadi) har qanday jismoniy shaxsga (keyinchalik matnda O‘quvchi/Buyurtmachi deb nomlanadi) nisbatan Shartnomani unda keltirilgan shartlar asosida qabul qilishga yo‘naltirilgan rasmiy ommaviy taklifi (ofertasi) hisoblanadi.

1.2. Ushbu Oferta rasmiy hujjat hisoblanadi va o‘quv markazining quyida ko‘rsatilgan manzilida joylashgan filialida amalga oshiriladi: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Yangishahar ko’chasi 16 B uy, Shuningdek, houseofwisdom.uz.
veb-manzili bo‘yicha internet tarmog‘ida joylashtirilgan.

1.3. O‘quvchi/Buyurtmachi tomonidan o‘z shaxsiga doir ma’lumotlarni o‘quv markaziga taqdim etish (to‘liq ism, tug‘ilgan sana, telefon raqami) o’quv markazi administratsiyasida amalga oshiriladi.

1.4 Quyidagi har qanday harakatlarning birida O‘quvchi/Buyurtmachi oferta shartlarini to'liq va shartsiz qabul qilgan (akseptlagan) hisoblanadi: Xizmatlar uchun O‘quvchi/Buyurtmachi tomonidan to'lov amalga oshirilsa.
1.5. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 370-moddasi to‘rtinchi qismiga muvofiq, Ofertani qabul qilish Ofertada ko‘rsatilgan shartlar bo‘yicha shartnoma tuzishga tengdir, ushbu Ofertani qabul qilish (akseptlash) orqali shaxs ushbu Ofertaning Tomoniga aylanadi, bundan keyin O‘quvchi/Buyurtmachi deb nomlanadi. O‘quv markazi va O‘quvchi/Buyurtmachi ham ushbu Oferta bo‘yicha birgalikda Tomonlar, alohida esa Tomon deb yuritiladi.

2. Shartnoma predmeti
2.1. Bajaruvchi O‘quvchi/Buyurtmachining topshirig‘i bilan “HOUSE OF WISDOM” NTM  o‘quv markazida Ingliz tili, Rus tili, Matematika, Fizika, Kimyo, Biologiya, Ona tili va adbiyoti, Tarix kurslari dasturi bo‘yicha ta’lim xizmatini ko‘rsatish (keying o‘rinlarda «Xizmatlar» deb nomlanadi), O‘quvchi/Buyurtmachi esa bu xizmat uchun haq to‘lash majburiyatini oladi.

2.2. O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar nomidan ushbu ofertani Buyurtmachisi sifatida faqat ularning ota-onalari (voyaga yetmaganlarning qonuniy vakillari bo‘lishi mumkin bo‘lgan homiylar, vasiylar yoki boshqa shaxslar) tomonidan akseptlashi mumkin.

2.3. Xizmatlar ushbu Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanuvchi «O’quv markazining o’qitish metodikasi»ga muvofiq ko‘rsatiladi.
2.4. O‘quv markazi houseofwisdom.uz veb-saytida e’lon qilingan amaldagi narxlar ro‘yxatiga muvofiq xizmatlar ko‘rsatadi va O‘quvchi/Buyurtmachi ushbu Ommaviy oferta shartlariga
muvofiq xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshiradi.

3. Tomonlarning huquq va majburiyatlari.
3.1 O‘quv markazining huquq va majburiyatlari.
3.1.1. O‘quv markazi ushbu Ommaviy ofertaning 2.1-bandida nazarda tutilgan xizmatlarni tashkil etish va tegishli tarzda bajarilishini ta’minlash majburiyatini oladi.
3.1.2.O‘quv markazi O‘quvchi/Buyurtmachini bosqich yakunida sinovdan o‘tkazish va test natijalariga asosan uni Ingliz tili, Rus tili, Matematika, Fizika, Kimyo, Biologiya, Ona tili va adbiyoti, Tarix kurslarida o‘qitish Qoidalari ga muvofiq keyingi ta’lim bosqichiga o‘tkazish/joriy bosqichda qoldirish/o’qishni davom ettirishni rad etish va ushbu Ofertani bir tomonlama tartibda bekor qilishi mumkin.
3.1.3. O‘quv markazi o‘qish uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirilmagan talabani darsda qatnashish cheklash huquqiga ega. O‘quvchi/Buyurtmachi darslardan chetlatilgan taqdirda, agar to’lovlarni amalga oshirib, O‘quv markazi xizmatlaridan foydalanishni davom ettirishni istasa, O‘quv markazi uni chetlatilishidan oldin o’qib turgan guruhga qaytarishga harakat qiladi. Biroq u o’qigan guruhda bo’sh o’rinlar qolmaganligi sababli yoki talaba guruh darslarini yetkazib ololmasligi ehtimoli bo’lgan hollarda O‘quv markazi uni boshqa yangi guruhlarga biriktirishga haqli.
3.1.4. O‘quv markazi O‘quvchi/Buyurtmachining roziligisiz o‘qitishning butun davri davomida o‘qituvchini almashtirishga huquqiga ega. Ma’lum bir sabablarga ko’ra, asosiy o’qituvchi darslarni o’ta olmagan taqdirda, o’quv markazi o’sha darslar uchun o’rindosh yoki yordamchi o’qituvchi tayinlash huquqiga ega.
3.1.5.O‘quv markazi, O‘quvchi/Buyurtmachi talab qilgan holatlarda ham, o‘qituvchini almashtirmaslik huquqiga ega.
3.1.6.Dars jadvali, o’quv guruhlari va o‘quv mashg‘ulotlari olib boriladigan filialning o‘zgartirilishi taraflar kelishuviga ko‘ra amalga oshiriladi. O‘quv xonalari o‘zgartirilishi o‘quv markazi tomonidan mustaqil hal qilinadi.
3.1.7.Agar guruhda 5 nafardan kam o‘quvchi qolsa, O‘quv markazi guruhni yopish va o‘quvchilarni boshqa guruhlarga taqsimlash huquqiga ega.
3.1.8. Agar O‘quvchi/Buyurtmachi darslarni qoldirsa, O‘quv markazi u tomonidan qoldirilgan dars uchun amalga oshirgan to‘lovlarni boshqa shaxs hisobiga o‘tkazish bo‘yicha tranzaksiyalarni amalga oshirmaydi.
3.1.9. O‘quv markazi Talabaning IELTS, Milliy sertifikat imtihon sertifikatlar dan faqat reklama materiali sifatida foydalanish huquqiga ega.
3.1.10. O‘quv markazi mustaqil ravishda o‘quv jarayonini amalga oshirish, baholash tizimlari, O‘quvchi bilimini tekshirish shakllari, tartibi va davriyligini tanlash huquqiga ega.
3.1.11. O‘quvchi/Buyurtmachi ushbu Ofertaning amal qilish muddati davomida qonun, ushbu Oferta shartlarini va an’anaviy normalarni buzgan bo‘lsa, O‘quv markazi O‘quvchi/Buyurtmachini darslardan chetlashtirishga/shaxsiy kabinetga kirishini cheklashga haqli.
3.1.12. Agar O‘quvchi/Buyurtmachi ta’lim jarayonida O‘quv markazi xodimlarini yoki boshqa O‘quvchi/Buyurtmachilarni og‘zaki yoki yozma ravishda haqorat qilganligi dalillar va guvohlar orqali isbotlansa, O‘quv markazi O‘quvchi/Buyurtmachini darslardan chetlashtirishga/shaxsiy kabinetga kirishini cheklash huquqiga ega.

3.1.13.O‘quvchi/Buyurtmachi kurs davomida 3 marotaba yakuniy imtihonlardan qoniqarsiz natijani qayd etsa, hamda imtihondan yiqilishi sababi o’quvchi yetarlicha harakat qilmayotgani deb
topilsa, o’quvchi bilan tuzilgan shartnoma bir yil muddatga bekor qilinib, u bir yil muddatga darslardan chetlashtirilishi mumkin.

3.1.14.O‘quvchi/Buyurtmachi oy davomida o‘quv markazi tomonidan qo‘yilgan minimal o‘zlashtirish natijasiga erisha olmasa, O‘quv markazi O‘quvchi/Buyurtmachini guruhidan chetlashtirish huquqiga ega. Bu holat kurs davomida 3 marotaba takrorlansa,
O‘quvchi/Buyurtmachi o‘quv markazda o‘qish huquqidan mahrum bo‘ladi. O‘zlashtirish natijasi haftalar davomida minimal quyidagi tartibda bo‘lishi kerak:
- 4-hafta yakunida 15%
-8-hafta yakunida 30%
-12-hafta yakunida 45%

3.1.15. O‘quv markazi tomonidan ushbu Ommaviy Ofertaga o‘zgartirilishi mumkin. Kiritilgan
o‘zgarishlar Ommaviy Oferta matnining bir qismi sifatida e’lon qilinishi bilan kuchga kirgan
hisoblanadi. Binobarin, kiritilgan eski shartnomalarga ta’sir etmaydi. O‘zgartirish kiritilgandan keyin yangi shartnomalar tuzilganda yoki eski shartnomalar yangilanganda, kiritilgan
o‘zgartirishlar shartnomaning bir qismi hisoblanadi.


3.2. O‘quvchi/Buyurtmachining huquq va majburiyatlari.
3.2.1. O‘quvchi/Buyurtmachi Shartnoma tuzilgunga va to‘lov amalga oshirilgunga qadar, ushbu oferta mazmuni va shartlarini
houseofwisdom.uz veb-saytida joylashtirilgan O‘quv markazi
xizmatlari narxi bilan tanishishi shart.
3.2.2. O‘quvchi/Buyurtmachi tomonidan dastlabki to‘lovni amalga oshirish O‘quvchi/Buyurtmachi
tomonidan ushbu Oferta shartlari bilan tanishish va qabul qilinishini anglatadi.
3.2.3. O‘quvchi/Buyurtmachi har oyning 5-sanasiga qadar o‘quv mashg‘uloti uchun to‘lovni amalga oshirishga majburdir.
3.2.4.
O‘quvchi/Buyurtmachi o‘qituvchi tomonidan darslarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha berilgan mustaqil topshiriqlarni bajarishga, tasdiqlangan jadvalga muvofiq mashg‘ulotlarda ishtirok etishga majbur.
3.2.5. O‘quvchi/Buyurtmachi ta’lim doirasida taqdim etilgan materiallar va ma’lumotlarni (qog‘oz, elektron yoki boshqa shaklda) tijorat yoki notijorat maqsadlarda (nusxalash, nashr qilish, Internet-resurslarga joylashtirish, uchinchi shaxslarga berish yoki qayta sotish ko‘rinishida) tarqatmaslik, olingan materiallar asosida tijoriy mahsulotlarni yaratish va ushbu ma’lumotlardan shaxsiy foydalanishdan tashqari har qanday usulda foydalanmaslik majburiyatini oladi.
3.2.6.Agar O‘quvchi/Buyurtmachi guruhning tugatilishi munosabati bilan taklif qilingan variantlardan o‘ziga mos bo‘lgan boshqa guruhga o‘tishga qaror qilsa, u holda O‘quvchi/Buyurtmachi kurs uchun to‘lovni amalga oshirish va ushbu guruhda o‘qishni davom ettirish majburiyatini oladi.
3.2.7. O‘quvchi/Buyurtmachi «House of Wisdom kurslarida o‘qitish Qoidalari»ga (2-Ilovada ko‘rsatilgan)
rioya etish majburiyatini oladi.

3.2.8. O‘quvchi/Buyurtmachi O‘quv markazi tomonidan berilgan o‘quv-uslubiy materiallarni va O‘quv markazining o‘quv jarayoniga kirish huquqini uchinchi shaxslarga bermaslik majburiyatini oladi.

3.2.9. O‘quvchi/Buyurtmachi O‘quv markazining dastlabki talabiga binoan u tomonidan O‘quv
markazining mol-mulkiga yetkazilgan har qanday moddiy zarar to‘liq hajmda talabadan undiriladi.

3.2.10.
O‘quvchi/Buyurtmachi O‘quv markazi hududida umum e’tirof etilgan odob axloq normalariga amal qilishi kerak. (Baland ovozda musiqa tinglashi, video va filmlar tomosha qilishi, shovqin ko‘tarishi, o‘quv markazi hududida tamaki mahsulotlarni iste’mol qilish taqiqlanadi).

3.2.11. O‘quvchi/Buyurtmachi O‘quv markazining mulkidan o’quv mashg‘ulotlarini amalga oshirish maqsadida foydalanish huquqiga ega.

3.2.12. O‘quvchi/Buyurtmachi o‘quv jarayoni bilan bog‘liq masalalar yuzasidan O‘quv markazi xodimiga murojaat qilish huquqiga ega.

3.2.13. O‘quvchi/Buyurtmachi bilim, ko‘nikmalarni baholash, shuningdek, ushbu baholash mezonlari haqida to‘liq va ishonchli ma’lumot olish huquqiga ega.

3.2.14. Agar O‘quvchi/Buyurtmachi o‘quv jarayoni to’xtatmoqchi bo’lsa, uning hisobida qolgan mablag’larni yaqin qarindoshlariga (aka-uka, opa-singil, turmush o’rtoqlar orasida) o’tkazish huquqiga ega.

4. Xizmatlar narxi va hisob-kitob qilish tartibi.
4.1. Xizmatlarning narxi QQSni hisobga olgan holda narxlar ro‘yxatida O‘zbekiston Respublikasi so‘mida ko‘rsatilgan (1-Ilova).

4.2. To‘lovlar 1 oy uchun har oyning 5 sanasiga qadar oldindan amalga oshirilishi shart.
4.3. Agar O‘quvchi/Buyurtmachi guruhga oyning boshidan emas, 1-2 sanadan, kechroq qo’shilsa, u faqat oy oxirigacha qolgan darslar uchun to'laydi. Keyingi oyning 1- kunidan boshlab esa O‘quvchi/Buyurtmachi to'liq summani to'laydi.
4.4 O‘quvchi/Buyurtmachi ushbu shartnomaning 5.7 bandida ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lov amalga oshiradi.

4.5. O‘quvchi/Buyurtmachi tomonidan qoldirilgan darslar uchun to‘lov qaytarilmaydi.

4.6. Xizmatlar uchun to‘lov naqd va naqdsiz (bank kartasi, onlayn to’lov ilovalari va pul o’tkazish yo’li bilan) ko‘rinishda amalga oshirilishi mumkin. Pul o’tkazish yo’li bilan to‘lov amalga oshirilganda uni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar Buyurtmachi/O‘quvchi tomonidan to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab 2 kun ichida taqdim etilishi kerak.

4.7. 3.1.4. banddagi holatda ham o’quv markaz o’z majburiyatini bajargan hisoblanadi va o’tilgan darslar uchun to’lov to’liq hisobga olinadi.

4.8. O’quvchi/Buyurtmachi 3 marotabagacha har xil guruhlarda sinov darslarida bepul qatnashishi mumkin. Sinov darsiga qatnashgandan so’ng guruh ma’qul bo’lib darslarni davom ettirish istagini bildirsa, to’lov amalga oshirishi kerak. Agarda sinov darsi O’quvchi/Buyurtmachiga ma’qul kelmasa, qatnashilingan sinov darsi uchun to’lov undirilmaydi.


5. Umumiy tartiblar.
5.1. Agar dars mashg‘ulotlari O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan rasmiy bayram kunlariga to‘g‘ri kelsa yoki o‘quv markazining binosiga kirish vaqtincha cheklansa, ushbu kunlarda sababli darslar o’tkazilinmaydi va boshqa kunga ko'chirilmaydi, O’quvchi/Buyurtmachi tomonidan to’liq to'lanadi , keyingi oyga o'tkazilmaydi va qaytarilmaydi yoki muzlatilmaydi.

5.2. O‘quvchi/Buyurtmachi tomonidan to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng o‘quv markazi tomonidan O‘quvchiga bir dona kitob mashg‘ulotlarda foydalanishi uchun bepul taqdim qilinadi. Agarda O‘quvchi/Buyurtmachi o’ziga taqdim etilgan kitob va daftarlarni kurs davomida yo’qotsa yoki yaroqsiz holga keltirib qo’ysa, yangi kitob va daftarlarni qo’shimcha to’lov evaziga sotib olishi mumkin.

5.3. O‘quv markazi dars mashg‘ulotlaridan tashqari buyurtmachining so‘roviga ko‘ra o‘zlashtirish darajasini oshirish uchun qo‘shimcha o‘qituvchi (support teacher) bilan bepul ta’minlaydi. Ushbu qo‘shimcha darslar tomonlarning kelishuviga va vaqtlarning to‘g‘ri kelishiga qarab belgilanadi.


6. Boshqa shartlar
6.1. Bajaruvchi Buyurtmachi/O‘quvchi oldida quyidagi hollarda javobgar hisoblanmaydi:
6.1.1. Kursning yakuniy natijalari qoniqarli bo‘lmaganligi O‘quvchi/Buyurtmachining aybi bilan bo‘lsa (darslarga ishtirok etmaslik, uy vazifalarini bajarmaslik, Kurs dasturini bajarmaslik va h.k.);
6.1.2. Agar majburiyatlarni lozim darajada bajarmaslik O‘quv markazining aybisiz vujudga kelsa;
6.1.3. Agar majburiyatlarni lozim darajada bajarilmaganligi O‘quvchi/Buyurtmachining aybi bilan sodir etilgan bo‘lsa;
6.1.4. Fors-major holatlari yuzaga kelganda.
​​6.2. O‘quv markazi O‘quvchi/Buyurtmachiga ushbu Ommaviy oferta bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishni quyidagilarga asosan rad etishga haqli:
6.2.1. Ushbu ofertada nazarda tutilgan majburiyatlarni bir necha marta buzsa, bu o‘z navbatida O‘quv markazi tomonidan majburiyatlarning bajarilishini qiyinlashtirsa va O‘quv markaziningboshqa o‘quvchilari va xodimlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzsa;
6.2.2. Ommaviy ofertada belgilangan to‘lovni amalga oshirish muddatlarini buzsa;
6.2.3. Tomonlar o‘z vaqtida zarur choralarni ko‘rish uchun ushbu Ommaviy oferta shartlarini bajarishga to‘sqinlik qilayotgan holatlar haqida bir-birlarini zudlik bilan xabardor qilish majburiyatini oladilar.
6.2.4 Shartnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
1- ilova «Xizmatlar narxi»
2-ilova «House of Wisdom kurslarida o‘qitish qoidalari».

7. Fors-Major
7.1. Tomonlar ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni qisman yoki to‘liq bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod qilinadilar, agar bu yengib bo‘lmas kuch holatlari natijasida sodir bo‘lsa,
jumladan: yong‘inlar, zilzilalar, epidemiya va pandemiya holatlari, harbiy harakatlar va boshqalar natijasida, agar bu holatlar ushbu Shartnomaning bajarilishiga bevosita ta’sir qilgan bo‘lsa.
7.2. Ushbu Shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarish imkonsiz bo‘lgan Tomon o‘n kun ichida yuqorida ko‘rsatilgan holatlar yuzaga kelganligi va bekor qilinganligi to‘g‘risida ikkinchi tomonni xabardor qilishi shart.

8. Oferta shartnomaning amal qilish muddati va ko‘rsatilgan xizmatlarni topshirish-qabul qilish tartibi.
8.1. O‘quvchi/Buyurtmachi ushbu Ommaviy ofertaning barcha shartlari unga tushunarli ekanligini kafolatlaydi va O‘quvchi/Buyurtmachi shartlarni hech qanday boshqa shartlarsiz va to‘liq qabulqiladi.
8.2. Shartnoma tuzilgan (oferta akseptlangan) paytdan boshlab kuchga kiradi va Tomonlar o‘z majburiyatlarini to‘liq bajargunga qadar amal qiladi.
8.3. Ushbu Ommaviy oferta yuqorida qayd etilgan maqsadlar doirasida, cheklanmagan muddatga tuziladi.
8.4. Oferta shartnomasini bekor qilishda shartnomani bekor qilish to‘g‘risidagi dalolatnoma tuzilmaydi va tomonlar uni imzolamaydi.
8.5. Kurslarda o‘rgatish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlar tugatilgandan so‘ng ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risidagi dalolatnoma tuzilmaydi va imzolanmaydi. Qabul qilish dalolatnomalarni imzolamasdan amalga oshiriladi. Oxirgi pullik dars tugaganidan keyin o‘n kalendar kun ichida O‘quv markazi O‘quvchi/Buyurtmachidan o‘tkazilgan darsning sifati bo‘yicha asoslantirilgan e’tirozini callmarkazga (+998 78 555 6515)
qo’ng’iroq qilib aytmasa, xizmatlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan va Buyurtmachi tomonidan to‘liq qabul qilingan hisoblanadi.

8.6. Ushbu Ommaviy ofertani bajarish jarayonida yuzaga kelishimumkin bo‘lgan barcha nizo va kelishmovchiliklar Tomonlar o‘rtasida muzokaralar yo‘li bilan hal etiladi. Agar ular muzokaralar yo‘li bilan bartaraf etishning iloji bo‘lmasa, ular O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq hal etilishi kerak.

Rekvizitlar

«House of Wisdom »
 нодавлат талим муассасаси
Манзил: Тошкент ш. Юнусобод т.
Янгишахар кучаси 16 Б уй
Телефон: +99895 143 55 66
Х/ракам: 2020 8000 2007 9192 1001
Банк: ХАТБ "Ориент Финанс"
Телефон: +998 78 555 6515
МФО: 01071
ИНН: 305 004 852
ОКОНХ: 92200
Рахбар: Ахраров Х.Э.






1 Ilova

IELTS 850,000 сум

CEFR 850,000 сум

General english 750,000 сум

Kids english 700,000 сум

Kimyo/Biologiya 850,000 сум

Abituriyentlar uchun Matematika 850,000 сум

Kichik sinflar uchun Matematika 750,000 сум

Ona tili va adabiyoti  850,000 сум

Fizika 850,000 сум

Tarix 850,000 сум

Rus tili 700,000 сум





2 ilova


“House of Wisdom” NTMning kurslarida o‘qitish qoidalari.
Darajani aniqlash:
Umumta'lim fanlar: bilish darajasini aniqlash uchun O‘quvchi/Buyurtmachi O‘quv markazi/Bajaruvchi
tomonidan tuzilgan testlardan o‘tishi shart. Test sinovlari natijalariga ko‘ra, Bajaruvchi umumta'lim fanlarini
bilish darajasini aniqlaydi va O‘quvchi/Buyurtmachini tegishli darajadagi guruhlarga taqsimlaydi.
Keyingi bosqichga o‘tish: O‘quvchi/Buyurtmachi O‘quv markazining o’qishni nazorat qilish tizimi orqali hisoblanadigan davriy o’zlashtirish natijasi 45 ballni tashkil qilgan holatdagina yakuniy imtihonda qatnashishga ruxsat oladi. Har bir bosqichning oxirida O‘quvchi/Buyurtmachi Bajaruvchi tomonidan tashkil
etiladigan dasturi bo‘yicha yakuniy imtihondan o‘tishi va 65 balldan yuqori ball to‘plashi shart.
Agar O‘quvchi/Buyurtmachi kerakli miqdordagi ball to‘play olmasa, O‘quvchi/Buyurtmachi o‘z mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha darslar orqali o‘qitilishi va imtihonni qayta topshirishga urinib ko‘rishi mumkin. Agar talaba uzrsiz sabablarga ko‘ra belgilangan kunda imtihonga kelmasa,
Bajaruvchi o‘z xohishiga ko‘ra u uchun qayta imtihon tashkil etish yoki qayta imtihon o‘tkazishni rad etishga haqli.

Made on
Tilda